Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada xudkush-qizlar tomonidan sodir etilgan portlatishlar oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
Nigeriya armiyasi mamlakatning shimoli-sharqiy qismida 4 iyul kuni xudkush-terrorchi qizlar tomonidan sodir etilgan portlatishlar oqibatida avval aytilgandan ko‘ra ko‘proq tinch aholi halok bo‘lganini aytmoqda.
Halok bo‘lganlarning aniq soni hozircha noma'lumligicha qolmoqda. Avval 12 kishi halok bo‘lgani aytilgan edi.
Mayduguri shahridan 35 km uzoqlikda joylashgan qishloqlardan birida tinch aholi orasiga kirib olgan terrorchi-xudkushlar portlovchi qurilmalarni harakatga keltirgan.
Ushbu haftada terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan hujumlar oqibatida Nigeriyada 150 dan ortiqroq kishi halok bo‘ldi.
Bu portlashlar uchun javobgar deb hisoblanadigan “Boko haram” terrorchilik guruhi teraktlarni amalga oshirishda ko‘pincha avval qo‘lga olgan qizlardan foydalanadi.