Sport | 15:52 / 05.07.2015
1391
1 daqiqa o‘qiladi

"Tottenhem" "Atletiko"dan Alderveyreldni 16 mln yevro evaziga sotib oladi

"Atletiko" jamoasining belgiyalik himoyachisi keyingi mavsumdan boshlab "Tottenhem"da to‘p suradi.

Madrid va London jamoalari bu futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilinmoqda.

Ma'lum qilinishicha, 26 yoshli ushbu futbolchi uchun "shporlar" 16 mln yevro to‘laydi. Shuningdek, futbolchi o‘zini Londonda yaxshi tomonlama ko‘rsatishi evaziga 2 mln yevro miqdoridagi bonus qo‘shib berilishi mumkin.

O‘tgan mavsumni "Sautgempton"da ijara asosida o‘tkazgan futbolchi sautgemptonliklar tomonidan 6,8 mln funt evaziga sotib olinishi ham mumkin bo‘lgan. Bu band bekor qilinishi uchun "Atletiko" inglizlarga 1,5 mln funt tovon puli to‘lagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish