Sport | 12:19 / 05.07.2015
16358
1 daqiqa o‘qiladi

Hillari Klinton Putinni “anoyi odammas” deb atadi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Hillari Klinton AQSh hukumatining Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan o‘zaro hamkorlik qilishi zarurligini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Siyosatchi buni o‘zining saylovoldi kampaniyasining bir qismi hisoblangan tadbirda aytib o‘tdi.

“Biz Putin va uning ambitsiyalari bilan yo‘l tutishimizda ancha aqlliroq bo‘lishimiz kerak. U anoyi odam emas... Biroq u bilan doimo hamkorlik qilishdan boshqa variant bor, deb o‘ylamayman”, deb aytdi Hillari Klinton.

Avvalroq Putin AQSh xalqi tanlaydigan istalgan prezident bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish