Sport | 00:56 / 06.07.2015
3241
1 daqiqa o‘qiladi

46 yoshli Tarver Vladimir Klichkoni ringga chorlayapti

Professional boksda besh karra sobiq jahon chempioni Antonio Tarver super og‘ir vazn toifasining bugungi kun qiroli ukrainalik Vladimir Klichko (64-3, 53 KO)ni ringga chorlayapti. Tarver ayni paytla 46 yoshda.

“Vladimir Klichko bilan jang qilish mening orzuim. U hozirda super og‘ir vazn toifasining eng kuchli bokschisi. Lekin men o‘zaro jangimizda uni mag‘lub etib, o‘rnini egallashim mumkin. Biz Klichko bilan bir davrda boksni boshlaganmiz. Bitta Olimpiadada ishtirok etganmiz. Istalgan raqib bilan jang qilishim mumkinligi haqida avval ham aytganman. Roy Jonsni nokautga uchratdim. Demak, Klichkoni ham yenga olaman”, - dedi Tarver.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish