Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentina prezidenti: Gretsiyadagi referendumda g‘urur ustun keldi
Gretsiyada o‘tkazilgan referendumda g‘urur ustun keldi, deb hisoblaydi Argentina prezidenti Kristina Fernandes de Kirshner.
TASS agentligining eslatib o‘tishicha, yakshanba kuni o‘tkazilgan referendumda ishtirokchilarning 61.31 foizi qarzdorlik bo‘yicha xorijiy kreditorlar bilan shartnoma shartlariga qarshi ovoz berishdi.
“Gretsiya xalqi tashqi qarz restrukturizatsiyasi evaziga o‘tkazmoqchi bo‘linayotgan kurakda turmaydigan sharmandali shartlarga “yo‘q” degan javob berdi”, – deb yozdi Argentina yetakchisi Twitter’dagi sahifasida.
Shuningdek, Kirshner xonim Gretsiyadagi bugungi vaziyatni Argentina 2001 yili bo‘lib o‘tgan voqealar bilan taqqosladi.
“Biz, argentinaliklar, gap nima haqida ketayotganini tushunamiz, – ta'kidladi u. – Umid qilamizki, Yevropa va uning yetakchilari odamlarning fikrini inobatga olishadi. Odamni o‘z o‘limi haqidagi guvohnomani imzolashga majbur qilib bo‘lmaydi”. U Argentinaning ilgarigi prezidenti, marhum turmush o‘rtog‘i Nestor Kirshnerning 2003 yili BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib aytgan so‘zlarini eslatib o‘tdi: “O‘liklar qarz to‘lamaydi”.