Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA Yaman terma jamoasini texnik mag‘lubiyat bilan jazoladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichida “N” guruhidagi raqibi — Yaman milliy terma jamoasiga nisbatan maydonga tushishi taqiqlangan futbolchini tarkibga kiritgani uchun FIFA tomonidan sanksiya qo‘llandi.
Yamanning JCh-2018 saralashining 2-bosqichi doirasida KXDRga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yini natijasi bekor qilinib, uning o‘rniga 0:3 hisobidagi texnik mag‘lubiyat yozildi. Bu haqida FIFA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu uchrashuvda Shimoliy Koreya 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
Yaman saralashning dastlabki bosqichida Pokistonga qarshi ikki o‘yin o‘tkazib, uning natijasiga ko‘ra saralashning ikkinchi bosqichiga yo‘l olgan. O‘sha o‘yinlarning har birida yamanlik Munir Abdulrobi Ali al-Radoiy bittadan sariq kartochka olgan va KXDRga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi lozim edi. Ammo u 11 iyun kungi bahsni asosiy tarkibda boshladi. Shu sababdan Yaman terma jamoasi FIFA tomonidan jazolandi.
Endi Ar-Radoiy 3 sentabr kuni O‘zbekiston bilan o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Ushbu o‘yin 3 sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Ushbu o‘zgarishdan so‘ng KXDR terma jamoasida to‘plar nisbatida keskin ko‘tarilish kuzatildi va musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinishda bo‘lib turibdi:
Manba: the-uff.com