Jahon | 08:32 / 06.07.2015
3908
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyada referendumdan keyin Afina ko‘chalarida namoyishlar boshlandi

Gretsiyada 5 iyulda o‘tkazilgan referendumdan keyin Afina ko‘chalarida norozilik namoyishlari boshlandi.

Namoyishda umumiy hisobda 150 nafarga yaqin kishi ishtirok etgan.

Namoyishchilar politsiyachilarga nisbatan tajovvuzkor xatti-harakatlar amalga oshirganlar: ular huquq-tartibot muassasalari xodimlariga qarata yonuvchi aralashma solingan shishalarni uloqtirishgan, ko‘chalardagi bir nechta axlat qutilarini yoqib yuborishgan.

Ayni paytda namoyishlar referendum natijalari sababli bo‘layotgani haqidagi ma'lumot tasdiqlanmagan. Namoyishchilar o‘z noroziliklarini ovoz berishning yakunlanishini nishonlayotgan odamlardan ancha uzoqroq masofada turib bildirmoqdalar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish