Sport | 18:04 / 06.07.2015
2115
3 daqiqa o‘qiladi

Konoplyankaning otasi o‘g‘lining asosiy maqsadi «Barselona»da to‘p surish ekanini bildirdi

Ukrainaning «Dnepr» klubi endilikda sobiq yarimhimoyachisi Yevgeniy Konoplyankaning otasi Oleg Konoplyanka o‘g‘lining «Sevilya»ga o‘tishi nega kechiktirilganini tushuntirib o‘tdi.

«Sevilya» bizga barcha masalalarni hal qilib olishimiz uchun 10 iyulga qadar muddat berdi. Hozir eng asosiysi — «Dnepr»dan mana shu qolgan oy uchun hech qanday e'tiroz yo‘qligi haqida qog‘ozni qo‘lga kiritishimiz. Umid qilamanki, klub buni kechiktirmaydi. Shundan keyin tanishtiruv marosimi, futbolka raqami va jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshlash mumkin bo‘ladi. Axir 11 avgust kuni «Barselona»ga qarshi Yevropa superkubogi uchrashuvi o‘tkaziladi. Hozir bitta savol ochiq qolmoqda: Jyenya qachon «Sevilya»da o‘z hayotini boshlaydi — hozir yoki 1 avgustdan?»

«Aytgancha, Ukrainaga qaytganimda uning shartnomasi borasida ko‘p kulguli narsalarni o‘qidim. «Sevilya» unga uy uchun million yevro va yillik 4,5 million yevro to‘laydigan bo‘lganmish. Bu shunchaki kulguli holat».

«Hamma klub sotishi majburiy bo‘lgan summa 35 million yevro deb yozmoqda. Bu ham butunlay noto‘g‘ri raqam».

«Albatta boshqa jamoalardan ham, jumladan «Atletiko»dan ham takliflar bo‘ldi. Biroq Yevgeniy jamoani puliga qarab emas, o‘yin uslubiga qarab tanladi. Ha, Madridda ular o‘zaro hech qachon kelisha olishmasdi».

«Sevilya» uzoq vaqtdan buyon unchalik boy bo‘lmagan klub sifatida o‘ynab keladi. Bu sir emas. U yerda to‘lanadigan maosh miqdori ham yuqori emas. Ammo jamoa menejyerning futbolchilar oldi-sotdisini yaxshi yo‘lga qo‘ya olgan va bu an'anaga aylangan. Shuning evaziga ular yashab kelishmoqda.

Jyenyaning asosiy maqsadi albatta bu — «Barselona». Ammo hozircha bu haqida gapirishga erta. Hozircha rejada birinchi o‘rinda «Sevilya» turibdi», — deydi katta Konoplyanka.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish