Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Lenin va Stalinning qiyofadoshlari urishib ketishdi
Vladimir Lenin va Iosif Stalinning qiyofadoshlari Moskva metrosining “Oxotnyy Ryad” stansiyasining yertosti o‘tish joyida urishib ketishdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ichki ishlar boshqarmasining metrodagi 1-bo‘limiga Manejnaya maydonida Leninning qiyofadoshi bo‘lib ishlaydigan Igor Gorbunov shikoyat bilan murojaat qilgan. Gorbunovning aytishicha, shu maydonda Stalinning qiyofadoshi bo‘lib ishlaydigan Latif Valiyev bilan chiqqan bahs oqibatida Valiyev uning orqasiga 3 marta soyabon bilan urgan. Janjal davomida jabrlanuvchining orqasidagi yumshoq to‘qimalar lat yegani sababli u shifoxonaga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Qayd etilishicha, bahsga Valiyevning Gorbunovni Stalinning boshqa qiyofadoshi bilan hamkorlik qilganida ayblagani sabab bo‘lgan.
Prokuratura bu mojaroning tergovini alohida nazorat ostiga oldi.