Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ko‘mir briketlari ishlab chiqarish chora-tadbirlari ishlab chiqildi
O‘zbekiston hukumatining qaroriga muvofiq mamlakatda ko‘mir briketlarini ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Qaror ko‘mir briketlari ishlab chiqarishni kompleks yo‘lga qo‘yish, aholi va byudjyet tashkilotlariga arzon narxlarda belgilangan miqdorda va o‘z vaqtida ko‘mir yetkazib berish ishlarini takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.
Hujjatda ta'kidlanishicha, “O‘zbekko‘mir” AJ ushbu maqsadlar doirasida 14ta hududiy distribyutorlik markazlarini hamda 71ta filiallarini tashkil qildi. O‘rnatilgan tartibga ko‘ra ko‘mir mahsulotlari realizatsiyasi ushbu markaz va filiallar orqali amalga oshiriladi.
Ko‘mir briketlari ishlab chiqaruvchi korxonalar ro‘yxati tanlov komissiyalari tomonidan maxsus tuzib chiqiladi. Komissiyalar ishining yakunlariga ko‘ra tegishli ro‘yxatlar tuzib chiqilib, faqat shu ro‘yxatlardan o‘rin olgan korxonalargina ko‘mir briketlari ishlab chiqarish va aytilgan markazlarga yetkazish huquqiga ega bo‘ladi.