Jahon | 10:04 / 06.07.2015
3303
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda prezidentning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri keladigan Ostona kuni nishonlanadi

Bugun Qozog‘iston poytaxti Ostonada shahar kuni nishonlanadi. Shahar 1998 yili prezident Nursulton Nazarboyevning tashabbusi bilan mamlakat poytaxtiga aylantirilgan edi. Ilgari bayram 10 iyun kuni nishonlanar edi, lekin 2006 yili sana 6 iyulga ko‘chirildi.

Shu kunning o‘ziga Nazarboyevning tug‘ilgan kuni ham to‘g‘ri keladi. Bugun Ostonaning 17 yilligi, prezidentning esa 75 yilligi nishonlanadi.

Poytaxti rivojlantirish prezidentning shaxsiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir, u yangi obektlar qurilishini, shaharni obodonlashtirishni shaxsan nazorat qiladi. 17 yil ichida Ostona Qozog‘istonning nafaqat ma'muriy, balki iqtisodiy va madaniy markaziga ham aylandi.

O‘z tug‘ilgan kunida Nazarboyev, odatga ko‘ra, xalq orasida bo‘ladi: Ostona kuniga bag‘ishlangan ko‘plab tadbirlarda va xalq yig‘inlarida ishtirok etadi. Joriy yilda 70dan ortiq shunday tadbir o‘tkazilishi kutilmoqda. Nazarboyev shu paytgacha rejissyor Yuriy Aleksandrov postanovkasida “Aida” operasini tinglashga, golf bo‘yicha ochiq turnir va qozoqcha kurash bo‘yicha “Qozog‘iston barsi” turniri finalini tomosha qilishga ulgurdi. Kecha u qirg‘izistonlik hamkasbi Almazbek Atambayev hamda Turkiyaning sobiq prezidenti Abdulla Gul bilan birga Yesil daryosi bo‘yida o‘tkazilgan lazerli pirotexnika shousida ishtirok etdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish