Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 09:27 / 06.07.2015
2073
1 daqiqa o‘qiladi
Yozef Blatter FIFAdagi mojarolar tinchimagunicha xorij safarlariga chiqishdan hayiqmoqda
FIFA prezidenti Yozef Blatter Kanadada o‘tkazilgan ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrindorlarini taqdirlash marosimiga bormaganiga izoh berib o‘tdi.
"Hozir tavakkal qilmoqchi emasman. FIFAdagi vaziyat o‘z holiga qaytmagunicha, safarlardan tiyilganim ma'qul", deydi Blatter.
Shu tariqa u 25 iyul kuni JCh-2018 turniri saralashining keyingi bosqichi uchun o‘tkaziladigan qur'a tashlash marosimida qatnashish uchun Sankt-Peterburg shahriga kela olmasligi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Shveytsariya hukumati may oyining oxirida FIFA tizimida poraxo‘rlik amalga oshirilgani bo‘yicha ish ochgan, bir necha yuqori martabali amaldorlar hibsga olingandi.
Bu mojarolardan keyin, 2 iyun kuni Blatter o‘z prezidentlik lavozimini tark etishi haqida e'lon qilgan. Tashkilot rahbarligi uchun navbatdan tashqari saylovlar shu yilning 16 dekabr kuni o‘tkazilishi ma'lum qilingan,
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish