Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh moliya vaziri Tsipras bilan telefon orqali muloqot qildi
AQSh Gretsiyadagi inqirozni hal qilish bo‘yicha muzokaralarning davom etishidan umid qilmoqda. Bu haqda AQSh moliya vaziri Jyeykob Lyu Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras va yangi moliya vaziri Evklid Tsakalodos bilan bo‘lib o‘tgan telefon muloqotidan so‘ng bayonot berdi.
“Bu inqirozning bartaraf qilinishi Gretsiyaga murakkab, ammo zaruriy moliyaviy va struktur islohotlarni o‘tkazishga, o‘sishni qaytarishga va Yevrozonadagi qarzdorlik darajasini tushirishga yordam beradi”, – uning so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.
Shuningdek, u gretsiyalik hamkasbini yaqin kunlarda aloqada qolishga chaqirdi.