Jahon | 15:43 / 07.07.2015
6657
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada bolalarni IShID safiga yollagan ayol qo‘lga olindi

Ispaniya milliy politsiyasi 7 iyul kuni Kanara orollarining Lansarote orolida Iroq va Suriyadagi jangovar harakatlar uchun IShID terrorchilik tashkiloti safiga bolalar va o‘smirlarni yollagan ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda Ispaniya Ichki ishlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda “TASS” axborot agentligi xabar bermoqda.

Ichki ishlar vazirligida ma'lum qilinishicha, qo‘lga olingan ayol Suriyadagi IShID jangarilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatgan bo‘lgan.

Ispaniya huquq-tartibot muassasalari mamlakat hududida IShID safiga odamlarni yollayotgan va ularning ta'siriga uchragan shaxslarni aniqlash bo‘yicha muntazam ravishda operatsiyalar o‘tkazib kelmoqda. Bu yilning o‘zida 30 dan ko‘proq ehtimoliy terrorchilar qo‘lga olingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish