Sport | 00:46 / 07.07.2015
5431
1 daqiqa o‘qiladi

Klichko-Fyuri jangi Germaniyada 24 oktabrda bo‘lib o‘tadi

Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko va britaniyalik bokschi Tayson Fyuri o‘rtasidagi jang 24 otkyabrda Germaniyaning Dyusseldorf shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda ESPN sharhlovchisi Den Rafael.

Fyuri o‘ta og‘ir vazn toifasida WBA versiyasi bo‘yicha jahon chempioni bilan jang o‘tkazishga majburiy nomzod hisoblanadi. Klichko hozirda uchta: WBA, WBO va IBF versiyalarining chempionlik kamariga ega.

Bokschilarning tomonlari bellashuvning o‘tkazilishi bo‘yicha uzoq vaqt kelisha olmaganlari uchun WBA 6 iyulda ushbu jangni tashkil qilish huquqini berish uchun savdo boshladi. Panamada o‘tkaziladigan savdoning boshlanishiga bir necha daqiqa qolganda bokschilar kelishuvga erishganlarini ma'lum qildilar.

Jangni o‘tkazish uchun auksion ishtirokchilari orasida rossiyalik promouter Vladimir Xryunov ham bor edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish