Jahon | 14:44 / 07.07.2015
2000
1 daqiqa o‘qiladi

Novaya Moskvadagi qurilish buyumlari bozorida yuz bergan yong‘in bartaraf etildi

Novaya Moskvadagi qurilish buyumlari bozori hududida yong‘in yuz berdi. Rossiya FVV ma'lumotlariga ko‘ra, olov 1000 kv metr hududni qamrab olgan.

O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etishga ulgurishgan. O‘t o‘chirish ishlariga Rossiya FVVga tegishli 3ta vertolyot ham safarbar qilingan.

"Moskva vaqti bilan soat 07:45da yong‘in bartaraf etildi. Voqea hududida 32 bo‘limning 86 nafar xodimi ish olib bordi, o‘tni o‘chirish uchun 100 tonnadan ortiq suv sarflandi. Jabrlanganlar haqida hozircha aniq ma'lumotlar yo‘q", deyiladi FVV xabarida.

Ma'lumot uchun, Rossiyadagi eng katta savdo paviloni bo‘lmish "Molototok" qurilish mollari bozorida 7 iyul kuni soat 05:00da yong‘in boshlangan. Bu savdo paviloni Moskva shahridan 42 kilometr masofada, Kalujskiy yo‘lida joylashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish