O‘zbekiston | 14:58 / 07.07.2015
14796
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston prezidenti Ufada Vladimir Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov shu hafta Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi.
Rossiya yetakchisining yordamchisi Yuriy Ushakov bergan ma'lumotga qaraganda, ikki davlat rahbarining uchrashuvi Shanxay hamkorligi tashkilotining Ufa sammiti doirasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 10 iyul kuniga belgilangan.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad Rossiya va O‘zbekistonning energetika sohasidagi hamkorligini kengaytirishdir. Shuningdek, prezidentlar ta'lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda ikki tomonlama strategik hamkorlikning turli jihatlarini muhokama qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish