Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston (U-23) iyul oyida ikkita yig‘in o‘tkazadi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi iyul oyida ikkita o‘quv mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi, deb xabar berdi O‘zbekiston futbol federatsiyasi. Olimpiyachilar yangi bosh murabbiy Viktor Jalilov boshchiligidagi birinchi yig‘inini 11-16 iyul kunlari o‘tkazadi. Ikkinchi yig‘in esa 20-25 iyul sanalarida tashkil qilinadi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2016 yilda Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tadigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Viktor Jalilov jamoasining musobaqadagi raqiblari shu yilning 4 dekabrida Malayziyada bo‘lib o‘tadigan qur'a tashlash marosimida aniqlanadi.
O‘zbekiston (U-23) iyul oyida ikkita yig‘in o‘tkazadi
Eslatib o‘tamiz, Viktor Jalilov 23 iyun kungi O‘FF ijroqo‘m majlisida Baxtiyor Ashurmatov o‘rniga olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi.
Quyida Olimpiya terma jamoasining 11— 16 iyul kunlari o‘tkaziladigan o‘quv-yig‘iniga taklif etilgan futbolchilar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.
Darvozabonlar
1. Akmal Tursunboyev 1993 “Paxtakor”
2. Asilbek Omonov 1993 “Paxtakor”
3. Alibek Turobov 1993 “Nasaf”
Himoyachilar
4. Rustam Ashurmatov 1996 “Bunyodkor”
5. Doston Tursunov 1995 “Neftchi”
6. Maksimilian Fomin 1993 “Dinamo”
7. Javlon Mirabdullayev 1994 “Metallurg”
8. Farxod Mirahmadov 1994 “Oqtepa”
9. Iskandar Shayqulov 1993 “Mash'al”
10. Murod Rajabov 1995 “Sho‘rtan”
Yarim himoyachilar
11. Otabek Shukurov 1996 “Bunyodkor”
12. Abdulloh Olimov 1993 “Neftchi”
13. Komil Sharofutdinov 1993 “Dinamo”
14. Shoxnazar Norbekov 1994 “Metallurg”
15. Quvondiq Ro‘ziyev 1994 “Qo‘qon-1912”
16. Nikita Yefremenko 1993 “Lokomotiv”
17. Jaloliddin Masharipov 1993 “Paxtakor”
18. Ixtiyor Toshpo‘latov 1993 “Mash'al”
Hujumchilar
19. Temur Hakimov 1993 “Oqtepa”
20. Temur Ayupov 1993 “Bunyodkor”
21. Murodbek Bobojonov 1994 “Neftchi”
22. Islombek Isoqjonov 1993 “Olmaliq”
23. Shoxruh Dostonov 1993 “Mash'al”
24. Doniyor Usmonov 1994 “Qo‘qon-1992”