Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada fastfud va alkogol reklamasi tenglashtirilishi mumkin
Rossiya Davlat Dumasi sport qo‘mitasi a'zosi, “Yedinaya Rossiya” partiyasi vakili Vasiliy Shestakov OAVda va jamoat joylarida tarkibida shakar, tuz va yog‘ ko‘p bo‘lgan moddalar targ‘ibotini cheklash tashabbusi bilan chiqdi. Yaqin vaqt ichida reklama to‘g‘risidagi qonunga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi.
Yangi cheklovlar yoshlarda sog‘lom ovqatlanish madaniyatini rivojlantirish va ularni sport bilan shug‘ullanishga rag‘batlantirishga qaratiladi. Deputatning ta'kidlashicha, amalda fastfud reklamasi xavfliligi jihatidan alkogol reklamasi bilan huquqiy tenglashtiriladi.
Cheklovlar gazli ichimliklar, qandolat mahsulotlari, margarin, kolbasaning alohida turlariga nisbatan joriy qilinishi mumkin. Bu mahsulotlar reklamasi voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan audio va videomateriallarda, OAVda va jamoat joylarida joylashtirilmaydi.