Sport | 18:30 / 07.07.2015
4008
2 daqiqa o‘qiladi

Samvel Babayan terma jamoadagi dastlabki yig‘iniga 10 nafar «Paxtakor» futbolchisini taklif qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 19-26 iyul kunlari Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi. Bosh murabbiy Samvel Babayan mazkur yig‘inga oliy liga klublaridagi milliy terma jamoa a'zolari va unga nomzod bo‘lgan 24 nafar futbolchini taklif qildi.

Samvel Babayanning bosh murabbiy sifatidagi ilk rasmiy uchrashuvi 3 sentabr kuni Yamanga qarshi o‘yin bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon va Osiyo chempionati saralash bahslarini 16 iyunda Shimoliy Koreyaga qarshi 2:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlagan. Bugungi kun holatiga qadar H saralash guruhida 2 ta o‘yinda 6 ochko jamg‘argan Shimoliy Koreya va Filippin terma jamoalari peshqadamlik qilib turishibdi.

O‘zbekiston terma jamoasining 19 — 26 iyul kunlari o‘tkaziladigan o‘quv-yig‘iniga taklif etilgan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar:

1. Akbar To‘rayev ("Bunyodkor")

2. Eldorbek Suyunov ("Nasaf")

3. Aleksandr Lobanov ("Paxtakor")

Himoyachilar

4. Yegor Krimets ("Paxtakor")

5. Sherzod A'zamov ("Nasaf")

6. Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”)

7. Shuxrat Muhamadiyev ("Nasaf")

8. Davron Hoshimov ("Paxtakor")

9. Farrux Sayfiyev ("Nasaf")

10. Aleksandr Merzlyakov ("Paxtakor")

11. Odil Hamrobekov ("Nasaf")

Yarim himoyachilar:

12. Shohrux Gadoyev ("Nasaf")

13. Javohir Sohibov ("Paxtakor")

14. Vladimir Kozak ("Paxtakor")

15. Sherzod Karimov ("Paxtakor")

16. Doston Hamdamov ("Bunyodkor")

17. Jasur Hasanov (“Lokomotiv”)

18. Stanislav Andreyev ("Paxtakor")

19. Jamshid Iskanderov ("Paxtakor")

Hujumchilar:

20. Eldor Shomurodov ("Bunyodkor")

21. Baxriddin Vahobov “Qizilqum”

22. Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”)

23. Ilxom Shomurodov “Nasaf”

24. Igor Sergeyev ("Paxtakor")

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish