Sport | 22:36 / 08.07.2015
6003
1 daqiqa o‘qiladi

“Barselona” klub prezidenti lavozimiga 4 nomzod nomini tasdiqladi

“Barselona” klubi prezidenti lavozimiga endi 4 nafar nomzod da'vogarlik qilmoqda. Bular – “Barsa”ning sobiq prezidentlari Joan Laporta va Xosep Mariya Bartomeu hamda Toni Freysha va Agusti Benedito, deb xabar bermoqda AS nashri.

Ularning barchasi o‘z foydalariga klub a'zolarining yetarlicha miqdordagi imzolarini to‘plaganlar. Yana bir nomzod Joan Batist yetarlicha imzo to‘play olmagan.

Bartomeu 8 554 imzo, Laporta – 4 272, Benedito – 3 367 va Freysha 3 068 imzo to‘pladi.

“Barselona” prezidenti lavozimiga saylovlar 18 iyulda bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish