Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2015 yilning sentabrida Sirg‘alini aylanib o‘tadigan yo‘l quriladi
2015 yilning sentabrida Sirg‘ali dahasini chetlab o‘tadigan aylanma yo‘l qurilishi yakunlanadi. Bu haqda “O‘zavtoyo‘l” kompaniyasi mutaxassisi Mahmud Jumaboyevning so‘zlariga tayangan holda Uzbekistan Today nashri xabar bermoqda.
“Qurilish ishlari deyarli yakunlandi, faqat yoritish uskunalarini o‘rnatish qoldi. Ochilish tadbiri shu yilning sentabr oyiga rejalashtirilgan. 22 km.li 6 chiziqli yo‘l Toshkent viloyatidagi Yikota qishlog‘igacha boradi. U to‘rt yildan buyon qurilayotgan edi. U Toshkent halqa yo‘lining faoliyatini yengillashtirib beradi”, – dedi mutaxassis.