Jamiyat | 16:15 / 08.07.2015
13243
2 daqiqa o‘qiladi

Bo‘kada yashirin sexlar faoliyatiga barham berildi

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida olib borilgan tadbirlar davomida bir qancha yashirin sexlar fosh qilinib, ularning noqonuniy faoliyatlariga barham berildi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Jumladan, fuqaro M. Samatova qo‘lbola usulda yasalgan moyjuvozda chigitdan yog‘ chiqarib sotayotgani ma'lum bo‘ldi. Hovlidan chigit va pistadan olingan yog‘ aniqlandi. M. Samatova bu yog‘ni qadoqlab, soxta yorliqlar yopishtirib sotgan. tadbir davomida uning xonadonidan 13.92 mln so‘mlik 448 dona 5 l li idishga qadoqlangan va 26 l qadoqlanmagan yog‘ topildi.
Shuningdek, I. Mamirov va M. Yahyoyevlarning uyida chigitdan yog‘ oladigan yashirin sex borligi aniqlandi. Ularning xonadonidan moyjuvoz, 80 l yog‘ va boshqa asbob-uskunalar topildi.
Fuqaro K. Soliyevning xonadonidan 5 750 dona qo‘lbola usulda tayyorlangan xo‘jalik sovuni, 3 200 kg xomashyo, ishlab chiqarishda foydalanilgan uskuna topildi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan kerakli choralar ko‘rildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish