Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 08:39 / 08.07.2015
1956
1 daqiqa o‘qiladi
Emenike "Al-Ayn"da ijara asosida to‘p suradi
"Fenerbaxche" jamoasining nigeriyalik hujumchisi Emmanuel Emenike o‘z faoliyatini BAA chempionatida davom ettiradi.
African Football nashri ma'lumotiga ko‘ra, turklar jamoasi bilan yana bir yillik shartnomasi bor bo‘lgan 28 yoshli ushbu hujumchi "Al-Ayn" jamoasiga ijaraga berilgan.
O‘z vaqtida Moskvaning "Spartak" jamoasidagi o‘yinlari orqali tanilgan Emenike Moskvaga qaytishi yoki "Tottenhem"ga o‘tishi mumkinligi haqida ham xabarlar mavjud edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish