Jahon | 08:30 / 08.07.2015
3649
2 daqiqa o‘qiladi

Gvatemalada voyaga yetmaganlar koloniyasida isyon ko‘tarildi

Gvatemala poytaxti Gvatemalada 7 iyulda voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan Las Gaviotas koloniyasida isyon ko‘tarilishi davomida kamida ikki kishi halok bo‘ldi va yana ikki kishi jarohat oldi. Milliy politsiyaning xabar berishicha, tartibsizliklarga koloniyadagi ikkita bir-biriga qarshi turuvchi Mara Salvatrucha va Barrio 18 bandalari orasidagi to‘qnashuvlar sabab bo‘lgan. Koloniyaning ikki nafar nazoratchisi jinoyatchilarning qurbonlari bo‘ldi.

Mahbuslar o‘qotar qurollarga ega bo‘lganidan keyin ular koloniyaning deyarli barcha binolarini bosib olishdi. Politsiyaning maxsus boshqarmalari axloq tuzatish muassasasi ustidan nazoratni qaytib olish uchun ko‘zni achishtiruvchi garanatalardan foydalangan holda uni bir necha marotaba shturm qilishlariga to‘g‘ri keldi. Ayni paytda koloniyadagi vaziyat ma'muriyat va huquq-tartibot muassasalari nazoratiga o‘tdi.

Mara Salvatrucha bandasi Markaziy va Shimoliy Amerikada faoliyat yurituvchi eng katta va shafqatsiz bandalardan hisoblanadi. Uning a'zolari jinoiy faoliyatning deyarli barcha ko‘rinishlari bilan shug‘ullanadi va yirik meksikan uyushgan guruhlari va narkokartellari bilan hamkorlik qilishadi. Barrio 18 bandasi a'zolari Mara Salvatrucha`ning ashaddiy dushmanlari hisoblanishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish