Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom Karimov Ufadagi ShHT sammitida ishtirok etadi
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 9-10 iyul kunlari Rossiyaning Ufa shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kreml matbuot xizmati bergan ma'lumotlarga ko‘ra, yig‘ilishda tashkilotning yanada rivojlanishi, uning xalqaro maydondagi rolini mustahkamlash, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha muvofiqlashtirishni chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari bir qator hujjatlar, shu jumladan ShHTning 2025 yilgacha mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini tasdiqlashlari kerak bo‘ladi.
Tashkilotga Hindiston va Pokistonning qabul qilinishi tartibotining boshlanishi bo‘yicha qaror qabul qilinishi kutilmoqda. Sammit yakunlariga ko‘ra Ufa deklaratsiyasi imzolanadi.
Sammitda ShHTda raislik qilish huquqi Rossiyadan O‘zbekistonga topshiriladi.