Texnologiya | 19:52 / 08.07.2015
3730
1 daqiqa o‘qiladi

Logitech kompaniyasi o‘z nomidan “tech” so‘zini olib tashladi

Kompyuterlar uchun klaviatura, sichqoncha hamda boshqa ko‘plab qurilmalar chiqaradigan Logitech kompaniyasi o‘z nomini Logi’ga qisqartirdi. Shuningdek, kompaniya o‘z logotipini ham o‘zgartirdi.

Kompaniya brendini rivojlantirish bo‘yicha vitse-prezident Sharlotta Jons brend nomidan “tech” so‘zining olib tashlanishiga bugungi kunda texnologiya deyarli hamma joyda bor va uni qo‘shib o‘tirish shart emasligini sababi qilib ko‘rsatgan.

Kompaniya bergan ma'lumotlarga ko‘ra, yangi Logi brendi ostida qurilmalar ishlab chiqarish bugundan (08.07.2015) boshlanadi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish