Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi terma jamoadagi ishtirokini to‘xtatish haqida o‘ylamoqda
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi terma jamoadagi faoliyatida tanaffus qilish haqida o‘ylamoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, u bunday qarorga yirik xalqaro musobaqalarning finalidagi mag‘lubiyatlardan so‘ng kelgan.
Messi 2014 yilgi Jahon chempionati va 2015 yilgi Amerika kubogining final uchrashuvlarida kumush medal bilan cheklandi.
Ma'lum qilishlaricha, hujumchi o‘zini JCh-2018 saralash musobaqalarida o‘zini chaqirmasliklarini so‘ramoqchi.
Messi bundan oldin ham, 2006 yilda shunga o‘xshash qaror qabul qilgan, o‘sha yili Germaniyadagi mundialdagi omadsizlikdan keyin hujumchi Fransiya bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yuborgandi.
Biroz oldin, Chilida o‘tkazilgan Kopa Amerika finalida Messining oilasiga mahalliy muxlislar qay tariqa tajovvuzkorona munosabatda bo‘lishgani haqida xabar berildi. Bu hodisa ham uning ushbu qaroriga sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Olé nashrining xabar berishicha, Messi sentabr oyida o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlari hamda JCh-2018 turniri uchun saralash bosqichidagi bir necha uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.
Ma'lumot uchun, Messi "albiseleste" tarkibida 103 marta maydonga tushgan hamda 46ta gol urgan.