Jahon | 17:23 / 08.07.2015
3391
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi ZIL zavodida yong‘in kelib chiqdi

Moskvada joylashgan ZIL zavodi hududida ishlab chiqarish binolaridan birida yong‘in kelib chiqdi. U yerda rezina ombori joylashgan edi. Favqulodda xizmatlarning xabar qilishicha, yong‘in maydoni 800 m ni tashkil qiladi.
Yong‘in mahalliy vaqt bilan 13:00da boshlandi. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchi guruhlar yetib keldi. Qo‘shni ko‘chalarda tirbandlik yuzaga keldi.
Jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish