Jahon | 20:10 / 08.07.2015
3842
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Hindiston bosh vaziriga yoga bilan shug‘ullanib ko‘rishga va'da berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ufada bo‘lib o‘tayotgan BRIKS va ShHT sammitida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuvi davomida Modiga o‘zining sport tayyorgarligidan kelib chiqqan holda yoga bilan shug‘ullanib ko‘rishga va'da berdi.

Rossiya BMTda Hindistonning xalqaro yoga kuniga asos solish taklifini qo‘llab-quvvatlagani va Rossiyada bu bayramning keng nishonlangani uchun Modi Rossiyaga bildirgan minnatdorchiligiga Putin shu tariqa izoh berdi.

“Shug‘ullanmaganim bitta yoga qoldi. U o‘ziga jalb qilmasligining iloji yo‘q. Men o‘z sport tayyorgarligim darajasidan kelib chiqib yoga bilan shug‘ullanish uchun nimaga qodirligimni sinab ko‘raman”, deb aytdi Putin.

Putinning ta'kidlashicha, “haqiqiy yoglarga qaraganingda ular kabi mukammalikka erishishning iloji yo‘qdek tuyuladi va aynan shu holat seni yoga bilan shug‘ullanishdan to‘xtatadi”.

Vladimir Putin sportga muhabbati bilan tanilgan. 2014 yilda Karate-do xalqaro tashkiloti rahbariyatining oliy organi Kekusin-kan Putinga yuqori ustalik darajasi – 8-danni berdi.

Putin, shuningdek, dzyudo va sambo bo‘yicha sport ustasi hisoblanadi. Putin 2006 yil sentabrda Yevropa dzyudo ittifoqining faxriy prezidenti etib tayinlandi, 2010 yilda esa Janubiy Koreyaning Yonin universitetining “Dzyudo sohasi doktori” faxriy diplomi bilan taqdirlandi.

Vladimir Putin hanuzgacha dzyudo bilan shug‘ulanishni davom ettirib keladi va Rossiya dzyudo federatsiyasiga ko‘mak ko‘rsatib keladi. 2013 yilda Putin txekvondo yakkakurash turi bo‘yicha faxriy 9-dan sohibiga aylandi.

Shuningdek, Putin xokkey ham o‘ynab turadi. Joriy yilning 16 may kuni Putin Tungi xokkey ligasining gala-uchrashuvida ishtirok etib, raqiblar darvozani 8 marta ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish