Jahon | 09:54 / 08.07.2015
17407
1 daqiqa o‘qiladi

Qodirov "IShID"ni yaratishda G‘arbni aybladi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov G‘arbni "IShID" guruhiga yordam berishda aybladi. Uning so‘zlarini TASS agentligi keltirdi.

Grozniyda bo‘lib o‘tgan huquq-tartibot idoralari xodimlari, tuman hokimlari va diniy yetakchilar bilan uchrashuv chog‘ida u G‘arb jangarilarni islomni diskreditatsiya qilish uchun qo‘llab-quvvatlayotganini ma'lum qildi.

“Ular haqida nima deyish mumkin? Ular 12 yoshli bolalarni odamlarni otishga majbur qilsa, 9 yoshli qizlarga uylansa. Musulmon emas, hatto xudosiz ham bunday pastkashlikka qodir emas. Bu odamlar zombi misoli, ularni bunday jinoyatlarga maxsus tayyorlaydilar”, – ta'kidladi Checheniston yetakchisi.

“Bu shaytonlarni G‘arbning tegishli institutlari ishlaydi, ular jangarilarga homiylik qilib, eng provokatsion xatti-harakatlarga undaydi”, – qo‘shimcha qildi Qodirov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish