Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 19:28 / 08.07.2015
6224
1 daqiqa o‘qiladi
Rasman. Sardor Rashidov «Al-Jaish» bilan uch yillik shartnoma imzoladi
"Bunyodkor" klubi yarim himoyachisi Sardor Rashidov Qatarning "Al-Jaish" klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Bu haqida arab klubining rasmiy tvitteri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Rashidov "Al-Jaish" bilan uch yillik shartnomaga imzo chekkan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisining transferi 2 million dollar tashkil etgani xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Rashidovga shuningdek, Saudiya Arabistoni klublari hamda Fransiyaning "Nant" klubidan ham taklif tushgan. biroq Sardor aynan Qatar klubini tanlagan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish