Iqtisodiyot | 08:09 / 08.07.2015
4589
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung`ning daromadi yetti chorakdan beri pastlamoqda

Samsung kompaniyasining 2015 yilning 2-choragidagi daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 foizga kamroqni tashkil qildi, deb ma'lum qilmoqda Wall Street Journal nashri.

Shu tariqa Samsung yetti chorakdan beri daromadlarida pasayishni qayd qilmoqda.

Shuningdek, kompaniyaning Galaxy S6 flagman smartfoni savdosi kompaniya kutganidan ancha kamroqni tashkil qildi. Aprel oyida omma ushbu qurilmani yaxshi kutib olganiga qaramasdan, ushbu yangi modelga talab past ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Biroq kompaniya 3- va 4-choraklarda talabning oshishiga umid bildirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish