Jahon | 17:40 / 08.07.2015
2346
2 daqiqa o‘qiladi

Ufada BRIKS sammiti doirasida Buyuk ipak yo‘liga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

Boshqirdiston poytaxti Ufa shahrida bo‘lib o‘tayotgan BRIKS sammiti doirasida Buyuk ipak yo‘liga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi.

Ochilish marosimi vaqtida nutq so‘zlagan Rossiya federatsiyasi Madaniyat ishlari vaziri Vladimir Medinskiy "avlodlar boshlagan tarixiy an'analar"ni davom ettirishga chaqirgan.

"Qadim zamonlarda davlatlarning rivojlanishi xavfsizlikni saqlash va tinchlikni ta'minlash bilan bog‘liq edi. Keyinroq odamlar savdo-sotiq janglardan ko‘ra qiziqroq ekanini tushunishgan", deydi Madaniyat vaziri.

"Markaziy Yevroosiyo an'anaviy madaniyati: Buyuk Ipak yo‘lining merosi" nomini olgan ushbu ko‘rgazmada liboslar, zargarlik, buyumlari va maishiy buyumlar, shu jumladan, 400dan ortiq eksponat namoyish etiladi.

Ko‘rgazma xalqaro munosabatlar va madaniyatlar almashinuvi bozorlar orqali shakllanganini ko‘rsatib berishni maqsad qilgan.

Ko‘rgazmaga Rossiya etnografiya muzeyidan dunyodagi eng katta etnografik to‘plamlar olib kelingan. Ko‘rgazma 30 avgust qadar davom etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish