Sport | 18:50 / 09.07.2015
7509
1 daqiqa o‘qiladi

10 iyul kuni Kasilyas "Real" muxlislari bilan xayrlashadi

10 iyul kuni “Santyago Bernabeu” stadionida “Real Madrid” sardori Iker Kasilyasning jamoa muxlislari bilan xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda jamoaning homiylaridan biri Bwin o‘z tvitterida yozdi.

Marosim mahalliy vaqt bilan 13.00 da boshlanadi.

Ma'lumot uchun, Iker Kasilyas “Real Madrid” tarbiyalanuvchi bo‘lib, 15 yildan buyon jamoa “madridliklar” safida o‘ynagan.

Avvalroq, “Portu” “Real Madrid” bilan 34 yoshli darvozabon transferi borasida kelishib olgani ma'lum qilingan edi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish