Jahon | 15:27 / 09.07.2015
4581
2 daqiqa o‘qiladi

YeXHT Parlament assambleyasining 50 delegati Rossiyani yozgi sessiyadan chiqarish haqidagi qarorni qoralab chiqdi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasidagi Italiya delegatsiyasi rais Ilkka Kanervaga topshirgan maktubda Rossiyaning assamblening yozgi sessiyasi ishtirokchilari ro‘yxatidan chiqarib yuborilishi qattiq tanqid ostiga olindi. Bu haqda “Shimol ligasi” partiyasi deputati Klaudio D’Amiko Sputnik agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Ma'lum bo‘lishicha, maktubni assambleyaning 55 nafar vakili imzolagan.
Ilgariroq Finlyandiya Rossiyaning bir guruh parlamentariylariga o‘z hududiga kirishga ruxsat bermagan edi. Delegatsiya tarkibida Sergey Narishkin ham bor edi. Bunga javoban butun delegatsiya Xelsinkiga borishdan bosh tortdi. Shu tariqa 5-9 iyul kunlari o‘tkazilgan assambleyaning yozgi sessiyasida Rossiya delegatsiyasi ishtirok etmay qaytib ketdi.
D’Amikoning ma'lum qilishicha, uning partiyasi PA vakillarining imzolarini to‘plash tashabbusi bilan chiqqan. Nafaqat Italiya, balki Avstriya, Shveytsariya, Germaniya, Belarus va Malta delegatsiyalari rahbarlari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish