O‘zbekiston | 13:08 / 09.07.2015
14735
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onalik tadbirkor o‘z hovlisida baqra balig‘i yetishtira boshladi

Uchko‘prik tumanidagi Tojik qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Ahrorjon Hayitov o‘z uyida maxsus hovuz qurib, uning ichida baqra balig‘i boqishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Telegraf.uz sayti xabar bermoqda.
“Baqralar sun'iy sharoitlarga tez moslashib, 7-8 yildan so‘ng qora ikra chiqara boshlaydi, – dedi tadbirkor. – Ayni paytda qora ikra mahsulotiga jahon bozorida talab katta. Bundan tashqari, baqra kaliy, fosfor, magniy, kalsiy, natriy, xlor va temir manbaidir. Uning tarkibida V1, V2, S, RR vitaminlari ham bor. Yaqin kunlarda 10 sotix hududda hovuz yaratib, baliqlar sonini ko‘paytirshini rejalashtirmoqdamiz”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish