Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston va Pokiston rahbarlari Ufada uchrashadi
Ufada Hindiston va Pokiston bosh vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tishi tasdiqlandi. Bu haqda Hindiston TIV rasmiy vakili, bosh vazir bilan birga sammitga tashrif buyurgan Vikas Svarap ma'lumot berdi.
“Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif 10 iyul kuni mahalliy vaqt bilan 19:15da uchrashadi”, – deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.
Har ikkala yetakchi Ufada bo‘lib o‘tayotgan ShHT sammitida ishtirok etmoqda. Hindiston va Pokiston hozircha ushbu tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.
Oxirgi marta Modi va Sharif o‘tgan yilning avgustida, Bxarata Janata Partining umumparlament saylovlaridagi g‘alabasidan so‘ng Modining inauguratsiya marosimida uchrashishgan edi.