Sport | 12:42 / 09.07.2015
4691
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbuldagi ko‘chalardan biriga Arda Turon nomi qo‘yiladi

Istanbul shahridagi ko‘chalardan biri "Barselona" jamoasiga o‘tgan yarim himoyachi Arda Turon sharafiga qayta nomlanadi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bergan.

Ushbu shaharning Bayramposhsho tumanidagi Arda Turon tug‘ilgan ko‘chaga uning nomi beriladi.

"Biz Ordu ko‘chasi nomini Arda Turon nomiga o‘zgartirmoqchimiz. Biz shahar ma'muriyatiga shu bo‘yicha murojaatnoma jo‘natdik. Turon bizning faxrimizdir", deydi Bayramposhsho tumani hokimi Atila Aydiner.

Eslatib o‘tamiz, Turon shu yilning 7 iyul kuni rasman "Barselona" a'zosiga aylandi. Ushbu 28 yoshli futbolchi uchun kataloniyaliklar "Atletiko"ga 34 mln yevro to‘lashgan.

U 2011 yilda "Galatasaroy"dan "Atletiko" safiga borib qo‘shilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish