Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuarejma o‘z faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin
"Portu" jamoasi yarim himoyachisi Rikardu Kuarejma bu jamoadan ketishi mumkin.
"Ajdarlar" jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi uni keyingi mavsum uchun rejalariga kiritmaganini ma'lum qilgan.
31 yoshli ushbu xavekning xizmatlariga uning sobiq jamoasi "Beshiktosh" qiziqish bildirgan.
A Bola nashri ma'lumotlariga ko‘ra esa, ushbu futbolchi o‘z faoliyatini Moskva shahridagi jamoalardan birida davom ettirishi ham mumkin.
Unga "Dinamo", "Spartak" hamda "Lokomotiv" jamoalaridan qiziqish borligi aytilgan.
Ma'lumot uchun, Kuarejma o‘tgan mavsumda "Portu" bilan ichki chempionatdagi 30ta o‘yinda maydonga tushdi hamda 6ta gol urib, 6ta golli uzatmani amalga oshirdi.