Sport | 12:31 / 09.07.2015
2779
1 daqiqa o‘qiladi

Maskerano Messini tanqid qilaverishgani uchun terma jamoadan ketishi mumkin

Argentina terma jamoasi himoyachisi Xaver Maskerano jamoadoshi Lionel Messiga nisbatan tanqidlar tinmasa, terma jamoadan ketishini e'lon qildi. Bu haqida futbolchining agenti xabar qilgan.

“Maskerano ko‘p bor gap-so‘zlardan charchaganini aytib o‘tgandi. Bu safargisi jiddiyga o‘xshamoqda. Messini tinmay tanqid qilaverishlari unga qattiq ta'sir qilyapti. Maskerano Leonelni juda yaxshi ko‘radi, unga nisbatan otilgan tanqid toshlarini yuragiga yaqin oladi. Messi ham bu holatdan xafa ekanini eshitdim.

Agar tanqidlar tinmasa, bunga norozilik sifatida Maskerano terma jamoadagi ishtirokini to‘xtatadi. Men ham uning o‘rnida shunday qilgan bo‘lardim”, - deydi futbolchining agenti Valter Tamer.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish