Sport | 17:15 / 09.07.2015
3268
1 daqiqa o‘qiladi

"Milan" jamoasining yangi stadioni yiliga 74 mln yevro daromad keltiradi

"Milan" jamoasining qurilishi rejalashtirilayotgan yangi o‘yingohi olib keladigan daromad haqida ma'lumotlar paydo bo‘ldi.

Gazzetta dello Sport nashrida yozilishicha, stadion yiliga 74 mln yevro daromad olib keladi.

Xabarda aytilshicha, shundan 51 mln yevro bilet va abonementlar savdosidan keladi. Yana 15 mln yevro esa homiylik shartnomalari orqali, 8 mln yevro o‘yingohni turli tadbirlar va o‘yinlar uchun ijaraga berish orqali topilishi rejalashtirilgan.

Yangi stadion nomini “Milan”ga homiylik qilayotgan “Emirates” kompaniyasi sotib olishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish