Sport | 14:05 / 09.07.2015
4581
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida yana bir pog‘ona pastladi

FIFA 2015 yilning 9 iyul kunida terma jamoalarning yangi reytingini e'lon qildi.

Yangi reytingga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan oydagidan bir pog‘ona pastlagan va 453 ochko bilan 75 o‘rinda qayd etildi.

O‘zbekiston terma jamoasidan bir pog‘ona yuqorida Farer orollari terma jamoasi joylashgan.

Osiyo terma jamoalari bo‘yicha O‘zbekiston oltinchi bo‘lib turibdi.

Eron 716 ochko bilan 41 o‘rin, Yaponiya 621 ochko bilan 52 o‘rin, Janubiy Koreya 608 ochko bilan 58 o‘rin, Avstraliya 559 ochko bilan 63 o‘rin hamda BAA 457 ochko bilan 73 o‘rinda o‘rnashgan.

Eng yuqori o‘nlikda esa o‘tgan oydagi holat o‘zgarmagan, birinchi o‘rin hamon Germaniya terma jamoasiga tegishli. Ikkinchi o‘rinda Argentina, uchinchi o‘rinda esa Belgiya terma jamoasi joylashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish