Sport | 11:24 / 09.07.2015
27031
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu Yaponiyada o‘zining silikon qiyofadoshi bilan uchrashdi

"Real" jamoasining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yaponiyada 3D-printeri orqali yasalgan o‘z silikon qiyofadoshi bilan uchrashdi.

AFP nashrida ma'lum qilinishicha, Ronalduning qiyofadoshini yaratishda 111 mikrokamerasidan foydalanilgan. Bu ishda Gollivuddagilar ham yordam ko‘rsatishgan.

"Qiyofadoshim ideal darajada ishlangan. Aytishim kerakki, u atrofga xuddi men kabi nazar tashlar ekan. Agar buni tan olmasam, yolg‘on bo‘ladi", deydi Ronaldu.

Ushbu klonning taqdimoti vaqtida unga Ronaldu tomonidan ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan SR7 brendi ostidagi ichki kiyim kiydirib qo‘yilgan. Shuningdek, u orqali mushaklarni chiniqtirishda foydalaniladigan elektr stimulyator ham reklama qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish