Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Pozner Qozog‘iston prezidentidan intervyu oladi
Rossiyalik teleboshlovchi va jurnalist Vladimir Pozner Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevdan intervyu olmoqchi. Bu haqda Pozner an'anaviy tarzda barcha savollarga javob beradigan Moskvadagi restoranlardan biridagi uchrashuv paytida ma'lum qildi, deb xabar berilmoqda Poznerning saytida.
Savollardan biri Nursulton Nazarboyev shaxsi bilan bog‘liq bo‘ldi. “Men Sizning Qozog‘iston prezidenti haqidagi fikringizni bilmoqchi edim. Agar siz undan intervyu olganingizda undan nimalarni so‘ragan bo‘lardingiz?” deb savol berildi Poznerga. Pozner Nazarboyevdan kuzda intervyu olishini ma'lum qildi.
“Men undan intervyu olaman. Menimcha, kuzda. Bu nozlanish emas, shunchaki men sizga u bilan nima haqda suhbatlashishimni aytmayman. U yoki bu holatda bu unga istalgan ko‘rinishda – buzilgan yoki aniq holatda yetib bormasligi uchun buni oldindan aytishga hojat yo‘q. Men uni juda yuqori baholayman. U, shak-shubhasiz, atoqli davlat arbobi. Buni hamma ham tushunmaydi. U juda aqlli, donishmand deb aytgan bo‘lardim. Ha, albatta unga hokimiyat yoqadi, biroq u unga shunchaki hokimiyat kabi qaramaydi. U nimani istashini biladi. Unda kelajakni muayyan tarzda anglash hissi mavjud. Umuman hozirda ko‘pchilik yetakchilar o‘z burunlaridan taxminan 50 sm uzoqni ko‘ra oladilar. Nazarboyev bo‘lsa ancha uzoqroqni ko‘ra oladi. Shuning uchun men u haqda yuqori fikrdaman. Menga Nazarboyev bilan suhbatlashish juda qiziqarli bo‘ladi. Men u rozi bo‘lishini bilaman. Ko‘ramiz bundan nima chiqarkin”, deb aytdi Pozner.