Jahon | 18:53 / 09.07.2015
26376
1 daqiqa o‘qiladi

ShHT yig‘ilishlari raisligi Rossiyadan keyin O‘zbekistonga o‘tadi

Shanxay hamkorlik tashkilotining yig‘ilishlariga raislik qilish Rossiyadan O‘zbekistonga ko‘chiriladi. Bu haqda Rossiya prezidentining ShHT bo‘yicha vakili Baxtiyor Hakimovga asoslanib «RIA Novosti» nashri xabar tarqatdi.

Eslatib o‘tamiz, 8-10 iyul kunlari bir vaqtning o‘zida Rossiyaning Ufa shahrida BRIKS va ShHT mamlakatlari vakillari ishtirokida sammit o‘tkazilmoqda. Hozirda ikkala tashkilotning rasmiy vakolatxonasi Rossiyada bo‘lib turibdi. Bu huquqni Rossiya o‘tgan yilning sentabr oyida qo‘lga kiritgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish