Sport | 10:29 / 09.07.2015
6599
1 daqiqa o‘qiladi

Tayson Fyuri Klichko bilan jangdan 5 million funt ishlab oladi

Britaniyalik super og‘ir vazn toifasidagi bokschi Tayson Fyuri WBA, WBO va IBF yo‘nalishlari chempioni ukrainalik Vladimir Klichkoga qarshi kechadigan jangdan 5 million funt sterling ishlab oladi.

Klichkoning gonorari hozircha oshkor qilinmayapti. Ushbu jang 24 oktabr kuni Germaniyaning Dyusseldorf shahrida bo‘lib o‘tadi.

Klichko so‘nggi bor shu yilning aprel oyida Nyu-York shahrida o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA, WBO, IBF, IBO chempionlik kamarlarini amerikalik Brayant Jyenningsdan himoya qilgandi.

Fyuri faoliyati davomida 24ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Nokautlar soni 18tani tashkil qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish