Jamiyat | 12:26 / 09.07.2015
5284
1 daqiqa o‘qiladi

Yaqin 100 yilda midiyalarni yeb bo‘lmay qoladi

Yangi tadqiqot natijalaridan ma'lum bo‘lishicha, kelajakda havo haroratining 2 darajaga o‘zgarishi midiyalar, ustritsalar va boshqa turdagi mollyuskalarni inson tomonidan iste'mol qilib bo‘lmaydigan darajaga olib kelib qo‘yadi.

Iqlimshunoslarning bashoratlariga ko‘ra, dengiz suvining harorati sekin-asta o‘sib boradi. Bu dengiz jonivorlar yashash sharoitlariga va muhitiga ham jiddiy o‘zgarishlar olib kiradi. Bundan tashqari, yog‘ingarchilikning ko‘payishi natijasida suvning yuqori qatlamlarida tuz miqdori kamayib boradi.

Bu holatlar dengizda yashovchi bakteriyalar va planktonlar mikroskopik jamoatlariga jiddiy ta'sir o‘tkazadi, ular esa o‘z navbatida oziq-ovqat zanjirida yuqoriroq o‘rinda turuvchi jonivorlarga ta'sir o‘tkazmay qolmaydi. Turli toksinlar ajratadigan plankton va bakteriyalar sharoitga moslashadi, lekin ularning toksinlari mollyuskalarda to‘plana boshlaydi. Buning natijasida mollyuskalar iste'molga yaroqsiz bo‘lib qoladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish