Jahon | 15:49 / 10.07.2015
2931
1 daqiqa o‘qiladi

Ashraf G‘ani Ahmadzoy Afg‘onistonda "IShID"ning 2 yetakchisi yo‘q qilinganini bildirdi

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzoy keyingi 3 kun mobaynida mamlakat hududidagi "IShID" bo‘linmasining 2 nafar yetakchisi o‘ldirilgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar qildi.

Afg‘oniston prezidenti bu haqda Ufada bo‘lib o‘tayotgan ShHT kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishi chog‘ida gapirib o‘tgan.

"Men sizlarga mamnuniyat bilan keyingi 3 kun davomida Afg‘oniston hududida olib borilgan maxsus amaliyotlar natijasida "IShID"ning ikki nafar yetakchisi o‘ldirilganini ma'lum qilaman", dedi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish