Jamiyat | 13:45 / 10.07.2015
2367
1 daqiqa o‘qiladi

Bangladeshdagi ur-yiqitda 23 kishi halok bo‘ldi

Bangladeshning Mimensingx shahrida kambag‘allar yordam tarqatish chog‘ida 23 kishi olomonning oyoqlari ostida qolib ketdi. Daily Star nashrining yozishicha, qurbonlar orasida 21 yoshli qiz va ikki kichik yoshli bola bo‘lgan.
Bepul yordam tarqatishni mahalliy tijoratchi tashkil qilgan edi. 1.5 ming kishi xayriya aksiyasi o‘tkazilayotgan joyga o‘tish uchun tor darvoza tomon harakat qilganida ur-yiqit boshlanib ketgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish